Nukus va Gurlan tumanlaridagi maktablarga Polsha tomonidan taqdim etilgan noutbuklar topshirildi
Iyun 11, 2025. 10:00 • 34 soniya
• 593
VARSHAVA, 11-iyun. "Dunyo" AA/. O'zbekistonning Polshadagi elchisi Amirsaid A'zamxo'jayev Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga safari davomida ushbu hududlardagi maktablarga insonparvarlik ko'magini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xususan, mamlakatimiz elchisi Varshava biznes va amaliy fanlar universiteti tomonidan beg'araz taqdim etilgan 15 dona noutbukni Nukus tumanidagi 23-sonli umumta'lim maktabi rahbariyatga taqdim etdi.
Xorazm viloyati Gurlan tumanida joylashgan 33-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilari ehtiyojlari uchun esa Polshaning "Equnico SE" kompaniyasi tomonidan berilgan 15 dona noutbuk topshirildi.
Ushbu xayriya aksiyasi O'zbekiston va Polsha o'rtasida iqtisodiyot hamda ta'lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, akademik va ilmiy almashinuvni qo'llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi