Logo

O'zbekistonlik talabalar Malayziyada turizm va mehmonxona menejmenti yo'nalishida malaka oshirdi

Aprel 22, 2025. 12:43 • 36 soniya

758
O'zbekistonlik talabalar Malayziyada turizm va mehmonxona menejmenti yo'nalishida malaka oshirdi

KUALA-LUMPUR, 22-aprel. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 1-21-aprel kunlari Buxoro davlat universitetining 22 nafar bakalavr va magistrlik darajasi talabalari Malayziyaning "CITY" universitetida turizm va mehmonxona menejmenti yo'nalishi bo'yicha malaka oshirish kurslarida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan yurtdoshlarimizga "CITY" universitetining tegishli sertifikatlari topshirildi.

O'zbekistonning Malayziyadagi elchixonasida vatandosh talabalar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar yoshlarimizning mamlakatimizda turizmni yanada rivojlantirish borasidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladilar.

"CITY" universiteti 1984-yilda tashkil etilgan. U Malayziyaning yetakchi ta'lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet 60 dan ortiq mamlakatdan kelgan talabalar uchun 75 ga yaqin dastur bo'yicha ta'lim beradi. "CITY" universiteti tomonidan beriladigan darajalar butun dunyoda tan olingan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish