O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida energetika sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga olib chiqiladi
Avgust 18, 2025. 09:21 • 49 soniya
• 145
TOSHKENT, 18-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov Qozog'iston energetika vaziri Yerlan Akkenjenov bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Vazir Yerlan Akkenjenov muloqot avvalida O'zbekiston tomoniga Qozog'istonning janubiy hududlarida kuchli shamol oqibatida yuzaga kelgan talafotlarni tezkorlik bilan bartaraf etishda ko'rsatilgan amaliy yordam uchun minnatdorlik bildirdi.
Muzokaralar chog'ida O'zbekiston-Qozog'iston o'rtasida energetika sohasidagi hamkorlikning ijobiy dinamikasi qayd etilgan holda, 2025-yilning ikkinchi yarimiga mo'ljallangan ikki tomonlama tadbirlar jadvali ko'rib chiqildi.
Tomonlar O'zbekiston Prezidentining 2024-yil avgust oyida Ostonaga amalga oshirgan tashrifi yakunlari bo'yicha imzolangan "Yo'l xaritasi"ga kiritilgan bir qator yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirilishiga e'tibor qaratdilar.
Bundan tashqari, "Qambarota-1" gidroelektrostansiyasi qurilishi, Qozog'iston, Ozarbayjon va O'zbekiston hukumatlari o'rtasida Kaspiy dengizi orqali "yashil" energiyani rivojlantirish va Yevropaga eksport qilish bo'yicha hamkorlikdagi loyihalar ijrosi yuzasidan fikr almashildi.
Karbon emissiyasini kamaytirish va iqlim o'zgarishi oqibatlarini yumshatish maqsadida qayta tiklanadigan energetika sohasida qo'shma loyihalarni amalga oshirishning muhimligi ta'kidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi