O'zbekiston elchisi Germaniya Bundestagining yangi saylangan raisi bilan parlamentlararo hamkorlikni jadallashtirish masalalarini muhokama qildi
Iyul 03, 2025. 07:30 • 45 soniya
• 579
BERLIN, 3-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Dilshod Axatov Germaniya Bundestagining yangi saylangan raisi Yuliya Klyokner bilan muloqot qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Germaniya Bundestagi tomonidan tashkil etilgan tadbir doirasida bo'lib o'tgan uchrashuv avvalida elchi Dilshod Axatov Yuliya Klyoknerni Bundestag raisi lavozimiga saylangani bilan qutladi.
O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Bundestag bilan parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdorligi ta'kidlandi.
"O'zbekistonda siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, parlament faoliyatini rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan ishlarni yuqori baholayman, – dedi Yuliya Klyokner. – Men ikki davlat parlamentlari o'rtasidagi aloqalarni faollashtirish bo'yicha takliflarni ham qo'llab-quvvatlayman".
Shuningdek, suhbat davomida parlamentlar o'rtasida o'zaro tashriflarini amalga oshirish, qonunchilik sohasida tajriba almashinuvini yo'lga qo'yish, Germaniya Bundestagining talabalar uchun tajriba almashish va malaka oshirishga yo'naltirilgan "Xalqaro parlament stipendiyasi" dasturida O'zbekiston yoshlarining sonini ko'paytirish masalalari ham ko'rib chiqildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi