London shahrida O'zbekiston milliy brendini xalqaro maydonda targ'ib qilish bo'yicha ilg'or tajribalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi
Mart 03, 2024. 16:02 • 47 soniya
• 1427
LONDON, 4-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida "Bloomberg Media" kompaniyasi Yevropa bo'limining davlat organlari bilan aloqalar bo'yicha direktori Lena Mas bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat davomida mamlakatimiz milliy brendini xalqaro maydonda targ'ib etish bo'yicha ilg'or tajribalarni jalb etish, ikki tomonlama hamkorlik masalalari, jumladan, "Bloomberg Media" platformasida O'zbekistonning sayyohlik salohiyati va ishbilarmonlik imijiga oid kontentni translyatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Lena Mas O'zbekistonning sayyohlik va sarmoyaviy jozibadorligini izchil oshirishda alohida kompaniyalarning imijini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlab o'tdi.
"Bloomberg Media" "Bloomberg LP" xalqaro moliya korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi media kompaniyasi hisoblanib, turli xil media xizmatlarini taqdim etadi. Kompaniya biznes va moliyaviy yangiliklarga ixtisoslashgan bo'lib, iqtisodiyot va biznes bo'yicha tahlil va ma'lumotlarni berib boradi. Shuningdek, u biznesga doir ma'lumotlarning dunyodagi yetakchi manbalaridan biri sifatida keng e'tirof etilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi