O'zbekiston Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi va O'mon Boshqaruv akademiyasi o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yiladi
Iyun 14, 2025. 13:58 • 39 soniya
• 601
O'MON, 14-iyun. /"Dunyo AA/. Mamlakatimizning O'mondagi elchisi Abdusalom Xatamov O'mon Boshqaruv akademiyasi prezidenti Ali bin Qosim al-Lavatiy bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'mon Boshqaruv akademiyasi va O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi o'rtasida akademik aloqalarini o'rnatish, o'zaro tajriba almashish hamda tashriflar uyushtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Sultonlik Boshqaruv akademiyasi rahbariyati joriy yilning 23-25-iyun kunlari Samarqandda bo'lib o'tadigan Davlat xizmati bo'yicha BMT forumida ishtirok etishini ma'lum qildi.
O'mon Boshqaruv akademiyasi 2022-yilda amaldagi mamlakat Sultoni Haysam bin Toriq tomonidan ta'sis etilgan. Akademiya Sultonlik davlat boshqaruvida malakali kadrlarni tayyorlash, davlat boshqaruvidagi mas'ullarning malakasini oshirish, zamonaviy tahdidlarni o'rganish va ularga yechim topa oladigan mahoratli rahbarlarni yetishtiradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi