O'zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasining madaniyat ishlari bo'yicha faxriy maslahatchisi tayinlandi
Iyun 29, 2025. 07:55 • 2 daq
• 639
SEUL, 28-iyun. /"Dunyo" AA/. Koreya Respublikasi xalqaro madaniy almashinuv fondi prezidenti Pak Chan Shik O'zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasining madaniyat ishlari bo'yicha faxriy maslahatchisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur unvon Pak Chan Shikka O'zbekiston madaniyatini Koreya Respublikasida keng targ'ib qilish, shu jumladan, 2025-yil O'zbekiston va Koreya Respublikasi o'rtasidagi "Madaniy almashinuv yili"ni yuqori darajada o'tkazish maqsadida berildi.
Pak Chan Shikning tajribasi va faoliyat olib borayotgan sohasidan kelib chiqib, uni muhim va mas'uliyatli lavozimga tayinlanishi O'zbekiston va Janubiy Koreya o'rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirildi. Shuningdek, uning ikki xalq o'rtasida madaniy almashinuv, o'zaro anglashuv va do'stlikni mustahkamlashga qo'shishi kutilayotgan hissasi beqiyos bo'lishi ta'kidlandi.
Koreya Respublikasi xalqaro madaniy almashinuv fondi prezidenti Pak Chan Shik o'z navbatida, ushbu mas'uliyatli vazifa uchun minnatdorlik bildirar ekan, 2025-yilda "Madaniy almashinuv yili"da rejalashtirilgan tadbirlarni O'zbekiston elchixonasi bilan hamkorlikda samarali tashkil etishga hamda bir qator muhim yangi madaniy va ilmiy loyihalarni hayotga tadbiq etishga barcha kuch va salohiyatini safarbar etishini qayd etdi.
"Shu yil sentyabr oyida bo'lib o'tadigan O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimida, shuningdek, "O'zbekiston madaniy merosi – butun insoniyat merosi" mavzusidagi global ko'rgazma va IX Xalqaro kongressda faol ishtirok etish niyatimiz bor. Ushbu tadbirlar xalqlarimizning boy madaniy merosini namoyon etish bilan birga do'stlik, anglashuv va kelajakdagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo'ladi", – dedi u.
Tadbir yakunida birgalikda yangi madaniy tadbirlar rejasi va dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni yuqori darajada tashkil etishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi