Buyuk Britaniyada O'zbekistonning "yashil" tashabbuslariga bag'ishlangan vebinar bo'lib o'tdi
Yanvar 19, 2024. 11:27 • 48 soniya
• 207
LONDON, 19-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida Britaniyaning "British Expertise International" assotsiatsiyasi tomonidan BMTning Iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasi (COP28) doirasidagi mamlakatimiz tashabbuslariga bag'ishlangan vebinar tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Vebinarda Britaniya iqlim va "yashil" energetika biznesining 50 dan ortiq vakillari, jumladan, Xalqaro savdo vazirligi, konsalting kompaniyalari va boshqa asosiy tuzilmalar vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida O'zbekistondagi keng ko'lamli o'zgarishlar haqida ma'lumot taqdim etildi. Shuningdek, "yashil" iqtisodiyotga o'tish va uglerod neytralligiga erishish Yangi O'zbekistonning ustuvor strategik vazifalari sifatida qayd etildi.
Ishtirokchilar O'zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasiga asoslangan Orolbo'yi mintaqasini ekologik inqiroz zonasidan innovatsiyalar, texnologiyalar va yangi imkoniyatlar zonasiga aylantirish tashabbusi bilan tanishdi.
Bundan tashqari, 2024-yilda BMT bilan hamkorlikda "Iqlim migratsiyasi" mavzusida bo'lib o'tadigan konferensiyaga ham alohida e'tibor qaratildi.
Vebinar so'nggida "British Expertise International" O'zbekistonda "yashil" loyihalarni amalga oshirishda Britaniya biznesini bundan keyin ham qo'llab-quvvatlashga tayyorligini ta'kidlab o'tdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi