Logo

O'zbekiston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o'z vaqtida amalga oshirishga kelishib oldilar

Iyun 22, 2025. 03:10 • 46 soniya

1602
O'zbekiston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o'z vaqtida amalga oshirishga kelishib oldilar

TOSHKENT, 21-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Istanbul shahrida bo'lib o'tgan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasida ishtiroki doirasida Pokiston Respublikasi Senatori, Bosh vazir o'rinbosari va tashqi ishlar vaziri Muhammad Is'hoq Dar bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Pokiston Respublikasi Senatori, Bosh vazir o'rinbosari va tashqi ishlar vaziri Muhammad Is'hoq Dar janoblari bilan samimiy va samarali uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston va Pokiston o'rtasidagi munosabatlar yuqori sur'at bilan rivojlanayotganini qayd etib, savdo, investitsiya, transport va logistika, ta'lim hamda madaniy almashinuv sohalarida ko'p qirrali hamkorligimizni chuqurlashtirishga qaratilgan aniq choralarni belgiladik. Oliy darajadagi kelishuvlarni o'z vaqtida amalga oshirishga yana bir bor kelishib oldik.

Hukumatlarimiz o'rtasida loyihalar va tashabbuslarni tezlashtirishga xizmat qiladigan Amaliy harakatlar rejasini imzoladik — bu strategik qarorlarni amaliy natijalarga aylantirishga qaratilgan samarali mexanizmdir".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish