Kobulda birinchi O'zbekiston-Afg'oniston siyosiy maslahatlashuvlari bo'lib o'tdi
Iyul 17, 2025. 21:29 • 37 soniya
• 1454
TOSHKENT, 17-iyul. /"Dunyo" AA/. Bugun tashrif bilan Kobul shahriga borgan O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg'oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Afg'oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy janoblari bilan birgalikda bugun Kobulda dastlabki siyosiy maslahatlashuvlarni o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Mintaqaviy o'zaro bog'liqlik, suv resurslarini birgalikda boshqarish, iqtisodiy hamkorlik, ta'limni qo'llab-quvvatlash va madaniy merosni tiklash borasidagi intilishlarimiz qat'iy ekanini tasdiqladik.
O'zbekiston xalqaro maydonda Afg'onistonning mustahkam tinchlik, barqarorlik va umumiy taraqqiyotni ta'minlaydigan mintaqaviy va global jarayonlarga yanada chuqur integratsiyalashuvini ilgari surishda davom etadi".
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi