O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Qirg'iziston Prezidenti tomonidan qabul qilindi
Iyul 31, 2025. 13:48 • 49 soniya
• 1396
TOSHKENT, 31-iyul. /"Dunyo" AA/. Tashrif bilan Qirg'izistonda bo'lib turgan O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun ushbu mamlakat Prezidenti Sadir Japarov tomonidan qabul qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomlarini Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Janobi Oliylariga yetkazishdan mamnunmiz , – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Mamlakatlarimiz o'rtasidagi strategik sheriklik va qardoshlik munosabatlari misli ko'rilmagan sur'atlar bilan rivojlanib, barqaror taraqqiyot uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratmoqda. Davlatlarimiz Rahbarlarining tinimsiz sa'y-harakatlari tufayli, ikki mamlakat o'rtasida hech qanday hal etilmagan masala qolmadi.
Kun tartibimiz keng qamrovli bo'lib, istisnosiz barcha yo'nalishlarni qamrab oldi. Infratuzilmadan tortib gumanitar yo'nalishgacha bo'lgan barcha sohalardagi qo'shma loyihalarimiz nafaqat ikki davlat manfaatlariga, balki butun mintaqa va undan kengroq hududlar taraqqiyotiga ham xizmat qilmoqda.
O'zbekiston va Qirg'iziston Tashqi ishlar vazirliklari barcha erishilgan kelishuvlarning to'liq amalga oshirilishini ta'minlash yo'lida yaqin hamkorlikni davom ettiradi".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari AQSH delegatsiyasi bilan uchrashdi
Kobulda birinchi O'zbekiston-Afg'oniston siyosiy maslahatlashuvlari bo'lib o'tdi
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Afg'oniston elchisini qabul qildi