Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari AQSH delegatsiyasi bilan uchrashdi
Oktabr 27, 2025. 21:39 • 50 soniya
• 67
TOSHKENT, 27-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bugun AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gor va Davlat kotibi oʻrinbosari Kristofer Landau boshchiligidagi Amerika delegatsiyasini qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bugun AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gor va Davlat kotibi oʻrinbosari Kristofer Landau boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi bilan konstruktiv uchrashuv boʻlib oʻtdi, - deb yozdi Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻzining telegram kanalida.- AQSH ma'muriyatining yuqori martabali vakillari Oʻzbekistonda keyingi 8-yil davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarning shiddati va jadal sur'atini qayd etdilar.
Biz mamlakatlarimiz oʻrtasida savdo sohasida ochilayotgan imkoniyatlarga alohida e'tibor qaratdik. Jamoat xavfsizligi borasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdik.
Bunday uchrashuvlar tomonlarning salohiyatini yaxshiroq tushunish va roʻyobga chiqarish imkonini beradi. Zero, mamlakatimiz oʻzining ochiqlik siyosati bilan ta'lim, madaniyat, iqtisodiyot va boshqa koʻplab sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda tobora koʻproq hamkorlarni jalb etmoqda".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Qirg'iziston Prezidenti tomonidan qabul qilindi
Kobulda birinchi O'zbekiston-Afg'oniston siyosiy maslahatlashuvlari bo'lib o'tdi
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Afg'oniston elchisini qabul qildi