Logo

O'zbekiston TIV rahbari Budapeshtda bo'lib o'tgan Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig'ilishida ishtirok etdi

May 21, 2025. 15:32 • 36 soniya

2215
O'zbekiston TIV rahbari Budapeshtda bo'lib o'tgan Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig'ilishida ishtirok etdi

TOSHKENT, 21-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Budapesht shahrida bo'lib o'tgan  Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig'ilishida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Sharq va G'arb o'rtasidagi muhim ko'prik — Budapeshtda Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig'ilishida ishtirok etishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Peter Siyyarto janoblari va Vengriyaga iliq mehmondo'stlik uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz.

Budapesht deklaratsiyasi bugun kelajakka yo'naltirilgan chuqur hamkorlik borasidagi umumiy qarashlarimizni aks ettiruvchi muhim hujjatdir. Umumiy farovonlik yo'lida yanada jadal iqtisodiy hamkorlikka ustuvor ahamiyat beradigan yagona yondashuv tarafdorimiz".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish