Logo

TIV vaziri Quyi Avstriya federali yeri gubernatori bilan uchrashdi

Dekabr 03, 2025. 09:08 • 54 soniya

303
TIV vaziri Quyi Avstriya federali yeri gubernatori bilan uchrashdi

TOSHKENT, 3-dekabr. / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Avstriyaga tashrifi doirasida kecha Quyi Avstriya federal o‘lkasi gubernatori Yoxanna Mikl-Laytner bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Quyi Avstriya gubernatori Yoxanna Mikl-Laytner bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik, – yozdi O‘zbekiston TIV vaziri o‘zining telegram-kanalida. – Aloqalarimizni yanada mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ishbilarmon doiralar va taʼlim muassasalari o‘rtasida yaqin hamkorlikni rivojlantirish borasida fikr almashdik.

Har ikki tomon uchun amaliy foyda keltirishga qaratilgan yangi loyihalarni ishlab chiqishga kelishdik”.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish