Logo

O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari telefon orqali dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdilar

Mart 25, 2026. 13:35 • 2 daq

191
O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari telefon orqali dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdilar

TOSHKENT, 25-mart. /“Dunyo” AA/.O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev janoblari bilan telefon orqali mazmunli suhbat qurdik, ­– deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari barcha jabhalarda misli ko‘rilmagan sur’atlar bilan mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdik.

O‘zaro manfaatli mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashib, yaqin hamkorlik va muloqotning muhimligini ta’kidladik”.

“Dunyo” AA arxividan olingan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish