Logo

O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildilar

Mart 25, 2026. 18:07 • 2 daq

142
O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildilar

TOSHKENT, 25-mart. /“Dunyo” AA/.O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Turkiya tashqi ishlar vaziri, qadrli hamkasbim Hakan Fidan janoblari bilan telefon orqali samarali muloqot o‘tkazdik, ­– deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Kengayib borayotgan ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorligimizning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildik, Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlashning amaliy mexanizmlarini ko‘rib chiqdik, shuningdek, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar yuzasidan fikr almashdik.

Yaqin Sharqdagi vaziyatga to‘xtalib, mavjud masalalarni faqat muloqot va diplomatik yo‘llar orqali hal etilishi zarurligini ta’kidladik.

Strategik sheriklikni yanada rivojlantirish va uning salohiyatidan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni kuchaytirishga kelishib oldik”.

“Dunyo” AA arxividan olingan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish