O'zbekiston ayollar terma jamoasi Dubayda o'tkazilgan yarim marafon bo'yicha Osiyo chempionatida 2 ta kumush medalni qo'lga kiritdi
Ноябрь 13, 2023. 19:34 • 2 дақ
• 154
TOSHKЕNT, 13-noyabr. /«Dunyo» AA/. Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yengil atletikaning yarim marafon yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma’lumotiga ko'ra, qit’a chempionatida ishtirok etgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqani 2 ta kumush medal bilan yakunladi.
Yakkalik yo'nalishida 1 soat 13 daqiqa 29 soniya natija qayd etgan Sitora Hamidova 5 yil avval o'zi o'rnatgan O'zbekiston rekordini yangilashga erishdi. Ushbu natija yurtdoshimizga kumush medalni taqdim qildi. Oltin medal Yaponiya, bronza medali esa Qirg'iziston terma jamoasi a’zosiga nasib etdi.
Shuningdek, uch nafar sportchimizning umumiy hisobdagi 3:46:08 natijasi jamoaviy dasturda kumush medallarni taqdim qildi. Ushbu yo'nalishda Qirg'iziston jamoasi oltin, Hindiston esa bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Telegram каналига обуна бўлинг
Барча янгиликлар ва янгиланишлардан биринчилардан бўлиб хабардор бўлинг!
Сўнгги янгиликлар
Барчаси