O‘zbekiston va Kamchatka o‘lkasi o‘rtasida hamkorlikning yangi yo‘nalishlari belgilandi

Noyabr 03, 2026. 12:30 • 2 daq

• 142

PЕTROPAVLOVSK-KAMCHATSKIY, 3-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsuli Hojiakbar Vahobov Rossiyaning Kamchatka o‘lkasida vatandoshlar, ish beruvchilar va hudud ma’muriyati vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Petropavlovsk-Kamchatskiy shahrida istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuvda fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, o‘zbek tili va madaniyatini targ‘ib qilish hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma ishlar rejasi tasdiqlandi. Rejadan yurtdoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar ham o‘rin olgan. Vatandoshlar diplomatlardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Konsullik vakillari “Shamsa-Xolding”, “Region stroy plyus”, “Russkiy dvor” va boshqa kompaniyalarda mehnat qilayotgan hamyurtlar hamda ushbu korxonalar rahbariyati bilan uchrashdi. Suhbat davomida vatandoshlarimizning mehnat qilish, yashash va ovqatlanish sharoitlari, ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi o‘rganildi.

Ish beruvchilar bilan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj muhokama qilinib, O‘zbekiston fuqarolarini uyushgan holda ishga jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Diplomatlar hududdagi “Plaza” oziq-ovqat bozorida bo‘lib, u yerda O‘zbekiston mahsulotlari (quruq va ho‘l mevalar, poliz ekinlari, to‘qimachilik hamda elektrotexnika mahsulotlari) mavjudligi va ularga bo‘lgan talabni o‘rgandi.

Delegatsiya a’zolari Kamchatka lososidan “Omega-3” oziq-ovqat qo‘shimchasini ishlab chiqaruvchi “Salmonica” kompaniyasining “Timlatskiy RKZ” zavodiga ham tashrif buyurdi. Ushbu mahsulotni O‘zbekistonda sotishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Kamchatka o‘lkasi va Chukotka muxtor okrugi bo‘yicha vakolatxonasi rahbari Yevgeniy Vereshaga bilan uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarining haq-huquqlarini himoya qilish, konsullik xizmatlarini ko‘rsatish va savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Kamchatka o‘lkasi hukumati raisi Yuliya Morozova bilan uchrashuvda hudud va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish tashabbusi bo‘yicha fikr almashildi.

Tomonlar 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan savdo, iqtisodiyot, gumanitar, turizm va migratsiya sohalaridagi hamkorlik bo‘yicha kompleks “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot almashish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish