Logo

Toshkentning Yunusobod va Budapeshtning Yojefvarosh tumanlari o‘rtasida yangi hamkorlik loyihalari amalga oshiriladi

Aprel 25, 2026. 15:25 • 1 daq

115
Toshkentning Yunusobod va Budapeshtning Yojefvarosh tumanlari o‘rtasida yangi hamkorlik loyihalari amalga oshiriladi

BUDAPESHT, 28-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya poytaxti Yojefvarosh tumani meri Andrash Piko va uning o‘rinbosari Balaj Satli bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida ishtirokchilar Toshkent shahrining Yunusobod tumani bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi.

Vengr tomoni 2026-yil iyul oyida Yunusobod hokimi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Tashrif davomida ikki tomon hokimlari darajasida muzokaralar o‘tkazish va turli kelishuvlarni imzolash rejalashtirilmoqda. Ikki mamlakat biznes vakillari ishtirokida biznes forum tashkil etish taklif qilindi.

Andrash Piko 2026-yilda Samarqand shahrida o‘tadigan “Birodar shaharlar xalqaro forumi”da ishtirok etishga qiziqish bildirdi.

Vengriyalik mutaxassislar kelishuvlar natijasida Yojefvarosh tumanidagi nomsiz ko‘cha yoki maydonlardan biriga “O‘zbekiston” nomini berish masalasi ko‘rib chiqilishi mumkinligi maʼlum qilindi. Yakuniy qaror Budapesht shahar meriyasi tomonidan qabul qilinadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish