Logo

O‘zbekiston elchisi Yaponiya sobiq Bosh vaziri bilan uchrashdi

Aprel 23, 2026. 18:37 • 52 soniya

113
O‘zbekiston elchisi Yaponiya sobiq Bosh vaziri bilan uchrashdi

TOKIO, 23-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abduraxmonov Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri Fumio Kishida bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida Yaponiya hukumati Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni izchil qo‘llab-quvvatlab kelayotgani taʼkidlandi. Fumio Kishida Tokio uchun mintaqada ochiq, barqaror va mustaqil taraqqiyotni taʼminlash ustuvor ahamiyatga ega ekanini alohida qayd etdi.

Muzokaralarda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti doirasidagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, 2025-yil dekabr oyida Tokio shahrida o‘tkazilgan birinchi sammit mazkur formatni yangi bosqichga olib chiqqan muhim voqea sifatida baholandi.

Uchrashuv yakunida sobiq Bosh vazir O‘zbekiston bilan strategik sheriklikni yana-da mustahkamlash va hamkorlikni barcha sohalarda kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish