O‘zbekiston Afrika Ittifoqi huzuridagi ilk doimiy vakilini tayinladi
Oktabr 15, 2026. 10:00 • 47 soniya
• 193
ADDIS-ABЕBA, 15-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Qatardagi, o‘rindoshlik asosida JAR va Efiopiyadagi elchisi Ashraf Xodjayev 14-oktabr kuni Afrika Ittifoqi Komissiyasi raisi Mahmud Ali Yusufga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ashraf Xodjayev O‘zbekistonning qit’adagi 55 davlatni birlashtirgan Afrika Ittifoqidagi birinchi doimiy vakiliga aylandi.
Qisqa marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida tomonlar do‘stona munosabatlar va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik hamda madaniyat, iqtisodiyot va gumanitar sohalarda qo‘shma tadbirlar o‘tkazish rejalarini muhokama qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi