Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Dekabr 14, 2025. 11:54 • 37 soniya
• 76
LONDON, 14-dekabr. / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning “Hali Publishing” nashriyot kompaniyasi bosh muharriri Ben Evans bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda Ben Evans tomonidan “Hali Publishing” nashriyotining keng imkoniyatlari, jumladan, nodir kitob va adabiyotlarni nashrga tayyorlash va bu jarayonda zamonaviy innovatsiyalarni qo‘llanishi haqida maʼlumot berildi.
Uning taʼkidlashicha, kompaniya o‘zbek milliy matolari va so‘zanalariga bag‘ishlangan kitobni nashr etish arafasida.
Suhbat yakunida kompaniya bilan O‘zbekistonning manfaatdor idora va tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalarida kelishuvga erishildi.
“Hali Publishing” 1978-yilda tashkil topgan. U Britaniyada joylashgan nufuzli nashriyot kompaniyasi bo‘lib, asosan antik va zamonaviy qo‘l mehnati bilan tayyorlangan tarixiy va asori antiqalarga bag‘ishlangan nashrlarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Buyuk Britaniyalik jurnalistga “Oltin qalam” milliy mukofoti topshirildi
O‘zbekiston va Pokiston xavfsizlik sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi