Britaniyaning yetakchi arxitektura kompaniyasi O‘zbekiston bilan yangi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga tayyor
Yanvar 06, 2026. 12:38 • 45 soniya
• 339
LONDON, 6-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniyaning "Scott Brownrigg" arxitektura-muhandislik kompaniyasi bosh direktori Darren Komber bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda shaharsozlik, taʼlim, transport va kreativ sanoat sohalarida hamkorlik qilish va loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Britaniya kompaniyasi rahbari O‘zbekiston bozoriga strategik yo‘nalish sifatida qarashini taʼkidladi.
Shuningdek, tomonlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli uzoq muddatli investitsiyalar va innovatsion loyihalar uchun katta salohiyat mavjudligini qayd etdilar.
“Scott Brownrigg” 1910-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bosh qarorgohi Londonda joylashgan. Kompaniya arxitektura, interyer dizayni va shaharsozlik sohalarida faoliyat yuritadi. “Scott Brownrigg” ishtirokida aviatsiya, temir yo‘l transporti, taʼlim va mudofaa kabi sohalarda yirik loyihalar amalga oshirilgan. Londondagi Xitrou aeroportining 4-terminali (1986-yil), Nortvudda joylashgan Britaniya Qurolli Kuchlari Bosh qarorgohi (2010-yil), Turkiyadagi Istanbul xalqaro aeroporti (2018-yil) shular jumlasidan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi