Logo

“BBC” vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Fevral 17, 2026. 09:59 • 44 soniya

95
“BBC” vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

LONDON, 17-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov dunyoning yetakchi teleradiokompaniyalaridan biri bo‘lgan “BBC News”ning Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Richard Koulborn bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tomonlar Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasida media sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, axborot almashinuvini faollashtirish hamda ikki mamlakat ommaviy axborot tuzilmalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish masalalarini atroflicha muhokama qildi. Shu bilan birga, qo‘shma media loyihalarni amalga oshirish borasidagi istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, so‘z erkinligini taʼminlash va axborot makonini ochiqlik tamoyillari asosida rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi.

Richard Koulborn O‘zbekiston media tashkilotlari bilan o‘zaro manfaatli va samarali hamkorlikni davom ettirishga, tajriba almashishni kengaytirishga hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Suhbatdoshlar muloqotni tizimli ravishda davom ettirish va aniq amaliy tashabbuslar ishlab chiqish bo‘yicha kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish