O‘zbekiston va Pokiston TIV rahbarlari telefon orqali muloqot qildi

Noyabr 01, 2026. 20:20 • 2 daq

• 168
O‘zbekiston va Pokiston TIV rahbarlari telefon orqali muloqot qildi

TOSHKЕNT, 1-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Is'hoq Dor bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Pokiston Bosh vazir o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Is'hoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildik, – deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston–Pokiston strategik sherikligini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish hamda istiqbolli loyihalarni ilgari surish masalalarini muhokama qildik.

ShHT doirasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratib, O‘zbekiston va Pokistonning 2026–2027-yillarda tashkilotning tegishli tuzilmalaridagi raisligi hamda bo‘lajak tadbirlar kun tartibini ko‘rib chiqdik.

BMT, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va Islom hamkorlik tashkiloti doirasidagi o‘zaro hamkorlik, mintaqaviy vaziyat yuzasidan fikr almashdik.

Mustahkam siyosiy muloqot va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash asosida ikki tomonlama munosabatlarimizni yanada rivojlantirishga sodiqligimizni tasdiqladik”.

“Dunyo” AA arxivi surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish