O‘zbekiston TIV rahbari Kanada elchisini qabul qildi
Noyabr 18, 2026. 20:00 • 55 soniya
• 103
TOSHKЕNT, 18-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Kanada elchisi Kristofer Dagganni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Bugun Kanada elchisi Kristofer Dagganni qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbatimiz davomida o‘zaro savdo hajmini oshirish, Kanada investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarini mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga jalb etish masalalariga e’tibor qaratdik.
Shuningdek, ta’lim, turizm, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Elchining sa’y-harakatlari O‘zbekiston–Kanada munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonamiz”.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi