O‘zbekiston va Pokiston TIV rahbarlari telefon orqali ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Noyabr 11, 2026. 19:50 • 2 daq

• 80
O‘zbekiston va Pokiston TIV rahbarlari telefon orqali ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qildi

TOSHKЕNT, 11-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Is’hoq Dor bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Is’hoq Dar bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdik, – deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat davomida O‘zbekiston–Pokiston munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, ShHT va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildik.

Shuningdek, umumiy mintaqaviy ustuvor vazifalarni ilgari surish, o‘zaro manfaatli masalalar bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va muloqotlarni muntazam davom ettirish muhimligini ta’kidladik”.

“Dunyo” AA arxividan olingan surat

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish