O‘zbekiston va Vetnam TIV rahbarlari telefon orqali muloqot qildi
Noyabr 03, 2026. 16:00 • 2 daq
• 182
TOSHKЕNT, 3-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vetnam tashqi ishlar vaziri Le Xoay Chung bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Vetnam Sotsialistik Respublikasi tashqi ishlar vaziri Le Xoay Chung bilan telefon orqali muloqot qildik, – deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat davomida O‘zbekiston–Vetnam munosabatlarini yanada mustahkamlash, siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni rivojlantirish, turizm va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish imkoniyatlariga e’tibor qaratdik.
BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashdik.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish va ularni aniq amaliy natijalar bilan boyitishga tayyorligimizni bildirdik”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi