Kubanichbek Omuraliyev: O‘zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotining harakatlantiruvchi kuchlaridan biridir

Sentabr 02, 2026. 19:00 • 2 daq

92
Kubanichbek Omuraliyev: O‘zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotining harakatlantiruvchi kuchlaridan biridir

ISTAMBUL, 2-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev “Dunyo” AA orqali O‘zbekiston xalqini mamlakat mustaqilligining 35 yilligi bilan tabrikladi:

– Aziz o‘zbekistonlik birodarlar!

Turkiy davlatlar tashkiloti va shaxsan o‘z nomimdan O‘zbekiston xalqini mustaqillikning 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Joriy yil yana bir muhim voqea – O‘zbekiston Prezidenti janob Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning o‘n yilligi bilan ham ahamiyatlidir.

O‘tgan o‘n yil mobaynida Yangi O‘zbekiston ochiqlik, modernizatsiya, barqaror iqtisodiy rivojlanish va inson manfaatlari ustuvorligi tamoyillariga asoslangan yirik o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tdi. Bu islohotlar mamlakatning xalqaro nufuzini mustahkamlab, butun mintaqamizda barqarorlikni taʼminlash, farovonlikka erishish va hamkorlikni kengaytirishga munosib hissa qo‘shdi.

Bugun O‘zbekiston transport aloqadorligi, savdoni soddalashtirish, raqamli transformatsiya, taʼlim, madaniyat va mintaqaviy muloqot sohalaridagi tashabbuslari orqali Turkiy dunyo birligini mustahkamlashga sezilarli hissa qo‘shayotgan TDTning yetakchi kuchlaridan biri hisoblanadi.

Qardosh O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik va ulkan taraqqiyot tilayman.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik, tuganmas g‘ayrat-shijoat hamda Yangi O‘zbekiston va butun Turkiy dunyo ravnaqi yo‘lidagi davlatchilik faoliyatida yangi zafarlar tilayman.

Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish