O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Eron elchisini qabul qildi
Aprel 02, 2026. 08:47 • 58 soniya
• 102
TOSHKENT, 1-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Eron elchisi Muhammad Ali Iskandariyni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Bugun Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Ali Iskandariy janoblarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Mintaqadagi vaziyatni muhokama qilib, har qanday keskinlashuv jiddiy gumanitar va xavfsizlikka oid oqibatlarga olib kelishi mumkinligini taʼkidladik.
Barcha kelishmovchilik va nizolar faqat tinch yo‘l bilan – muloqot va diplomatiya orqali hal etilishi muhimligiga doir qatʼiy va izchil pozitsiyamizni yana bir bor tasdiqladik”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi