O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Misr tashqi ishlar, xalqaro hamkorlik va xorijdagi misrliklar ishlari bo‘yicha vaziri bilan uchrashdi

Iyun 13, 2026. 19:36 • 2 daq

266
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Misr tashqi ishlar, xalqaro hamkorlik va xorijdagi misrliklar ishlari bo‘yicha vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Misr tashqi ishlar, xalqaro hamkorlik va xorijdagi misrliklar ishlari bo‘yicha vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Misr tashqi ishlar, xalqaro hamkorlik va xorijdagi misrliklar ishlari bo‘yicha vaziri bilan uchrashdi

TOSHKЕNT, 13-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Qohira shahrida Misr tashqi ishlar, xalqaro hamkorlik va xorijdagi misrliklar vaziri Badr Abdul’ati bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Misr tashqi ishlar, xalqaro hamkorlik va xorijdagi misrliklar vaziri Badr Abdul’ati bilan mazmunli va ochiq muloqot o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Avvalo, delegatsiyamizga ko‘rsatilgan iliq qabul va samimiy mehmondo‘stlik uchun Misr tomoniga minnatdorlik bildiramiz.

O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat, ishonch va umumiy manfaatlar asosida izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlash lozim. Oliy va yuqori darajadagi siyosiy muloqotni yanada faollashtirishdan har ikki tomon ham birdek manfaatdor.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni rag‘batlantirish va qo‘shma loyihalar sonini ko‘paytirish istiqbollarini muhokama qildik.

Shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashdik. Misrning Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholadik.

Tashqi ishlar vazirliklarimiz o‘rtasida shakllangan yaqin va ishonchli hamkorlik bundan buyon ham barcha yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonchimiz komil”.

Muzokaralar yakunida vazirlar quyidagi hujjatlarni imzoladi:

– O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Tashqi ishlar, xalqaro hamkorlik va xorijdagi misrliklar vazirligi o‘rtasida 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi;

– O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tashqi siyosiy tadqiqotlar va xalqaro tashabbuslar markazi hamda Misr Arab Respublikasi Tashqi ishlar, xalqaro hamkorlik va xorijdagi misrliklar vazirligi huzuridagi Diplomatik tadqiqotlar instituti o‘rtasida Anglashuv memorandumi.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish