Qohiradagi Buyuk Misr muzeyida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining taqdimoti o‘tkazildi

Iyun 14, 2026. 13:00 • 2 daq

70

TOSHKЕNT, 14-iyun. /“Dunyo” AA/. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Qohiradagi Buyuk Misr muzeyida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston–Misr: sivilizatsiyalar va meros muloqoti” mavzusidagi madaniy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Qohira shahridagi Buyuk Misr muzeyida “O‘zbekiston–Misr: sivilizatsiyalar va meros muloqoti” mavzusidagi madaniy tadbirda ishtirok etdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Uchrashuv doirasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti o‘tkazildi. Bugungi kunda mazkur markaz xalqlar va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim xalqaro maydon sifatida shakllanmoqda.

O‘zbekiston va Misrni asrlar davomida shakllangan boy ma’naviy meros, ilmiy-ma’rifiy an’analar va umumiy sivilizatsion qadriyatlar bog‘lab turadi. Buyuk allomalarimiz merosi, qo‘lyozmalar madaniyati va islom ilm-fani rivojiga qo‘shilgan ulkan hissa mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tarixiy yaqinlikning mustahkam asosidir.

Tadbir davomida madaniy merosni asrash, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, qo‘lyozmalarni o‘rganish va raqamlashtirish, shuningdek, ma’rifat va bag‘rikenglik g‘oyalarini keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Fursatdan foydalanib, mazkur madaniy tadbirni yuksak saviyada tashkil etishda ko‘rsatilgan yaqin ko‘mak va ishtiroki uchun Misr Arab Respublikasi turizm va qadimiy yodgorliklar vaziri Sherif Fathiga, Al-Azhar majmuasi va Misr muftiyati rahbariyatiga, parlament a’zolariga, ilmiy va madaniy doiralar vakillariga hamda barcha hamkor tashkilotlarga samimiy minnatdorlik izhor etamiz”.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish