O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Xorvatiya Bosh vaziri bilan uchrashdi

Iyun 27, 2026. 13:40 • 2 daq

72
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Xorvatiya Bosh vaziri bilan uchrashdi

TOSHKENT, 27-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xorvatiya Bosh vaziri Andrey Plenkovich bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Xorvatiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Plenkovich Janobi Oliylari bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbatimiz avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdik.

O‘zbekiston va Xorvatiya o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qildik. Siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika sohasidagi sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildik.

Shuningdek, mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildik.

Xorvatiya Rahbariyatining O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga qaratgan qat’iy intilishini yuksak qadrlaymiz”.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish