O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Singapur Bosh vaziri bilan uchrashdi
Iyun 22, 2026. 17:00 • 2 daq
• 90
TOSHKЕNT, 22-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Singapur Bosh vaziri Lourens Vong bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Cingapur Respublikasi Bosh vaziri Lourens Vong Janobi Oliylari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdik.
O‘zbekiston va Cingapur iqtisodiy taraqqiyot, samarali davlat boshqaruvi, innovatsiyalar va inson kapitaliga sarmoya kiritish sohalarida mushtarak maqsadlarga ega ekanini ta’kidladik.
Cingapurning taraqqiyot modeli va davlat institutlarini shakllantirish tajribasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar bilan hamohang ekanini qayd etdik.
Shu nuqtayi nazardan, ta’lim, raqamli transformatsiya, moliya, innovatsiyalar va zamonaviy boshqaruv sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashdik.
Bugungi muzokaralar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash va yangi mazmun bilan boyitish uchun mustahkam zamin yaratishiga ishonamiz”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi