“Agrobank” ATB vakillari “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasida faol ishtirok etmoqda

Avgust 05, 2026. 19:30 • 59 soniya

47
“Agrobank” ATB vakillari “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasida faol ishtirok etmoqda
“Agrobank” ATB vakillari “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasida faol ishtirok etmoqda

TOSHKENT, 5-avgust. /“Dunyo” AA/. “Agrobank” ATB yurtimizda eʼlon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasida faol ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bugun bank tomonidan Jizzax viloyatining Baxmal tumanida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida mahallalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.

Tadbirda Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimlari o‘rinbosarlari, bandlik sohasi rahbarlari, tijorat banklari, Mahalla uyushmasi hamda “Agrostar” kompaniyasi vakillari qatnashdi.

Seminarning asosiy maqsadi – mahallalarni ixtisoslashtirish, “tayanch mahalla” va “ixtisoslashgan mahallalar klasteri” modellari asosida hududlarni kompleks rivojlantirishdan iborat.

Shu bilan birga, “Agrostar” kompaniyasi bilan hamkorlikda “yetishtirish – qayta ishlash – saqlash – qadoqlash – sotish” zanjirini shakllantirish bo‘yicha ilg‘or tajribani keng ommalashtirish, uni boshqa hududlarda samarali joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish asosiy vazifalardan biridir.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish