21–22-oktabr kunlari Samarqandda bolalar farovonligi va kelajagi bo‘yicha Butunjahon sammiti bo‘lib o‘tadi

Sentabr 17, 2026. 18:30 • 2 daq

117
21–22-oktabr kunlari Samarqandda bolalar farovonligi va kelajagi bo‘yicha Butunjahon sammiti bo‘lib o‘tadi

TOSHKENT, 17-sentabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yilning 21–22-oktabr kunlari Samarqand shahrida bolalar farovonligi va ularning kelajagiga doir masalalarga bag‘ishlangan Butunjahon sammiti bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Invest in Children” loyihasi manbalariga ko‘ra, ushbu nufuzli tadbirda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan siyosiy yetakchilar, vazirlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, ekspertlar, biznes va fuqarolik jamiyati xodimlari, bolalar va o‘smirlar ishtirok etadi.

Sammit doirasida rasmiy ochilish marosimi va shoʻba yig‘ilishlari bilan bir qatorda, xorijiy ishtirokchilarning O‘zbekistondagi ijtimoiy soha obyektlariga tashriflari ham tashkil etiladi.

Panel sessiyalarda bolalar va oilalarni ijtimoiy himoya qilish, bolalar huquqlarini muhofaza qilish va ularni zarur xizmatlar bilan taʼminlash, bolalar salomatligi, bolalar onkologiyasi, erta bolalik davridagi rivojlanish hamda inklyuziv taʼlim kabi muhim masalalar atroflicha muhokama qilinadi.

Mazkur anjuman doirasida II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi ham o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

Tadbir davomida turli mamlakatlarning ilg‘or tajribasi va zamonaviy yondashuvlari bir maydonda jamlanib, bolalar manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan yanada samarali tizim hamda amaliy yechimlarni shakllantirish yuzasidan fikr almashiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish