O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili Pokiston elchisi bilan uchrashdi

Sentabr 17, 2026. 19:00 • 44 soniya

102
O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili Pokiston elchisi bilan uchrashdi

TOSHKENT, 17-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev bugun Pokiston elchisi Muhammad Mudassir Tipu bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston–Pokiston sherikligining dolzarb masalalari, jumladan, siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy hamkorlik va mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni yanada rivojlantirish muhokama qilindi.

Tomonlar muntazam aloqalarni saqlab qolish hamda mintaqada barqarorlik, ishonch va barqaror rivojlanishni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni birgalikda ilgari surishdan o‘zaro manfaatdor ekanini taʼkidladi.

“Dunyo” AA fotosurati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish