Yaman husiylarining Saudiya Arabistoniga yangi hujumlari ortidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha muzokaralar kechiktirildi

Sentabr 14, 2026. 18:00 • 2 daq

161
Yaman husiylarining Saudiya Arabistoniga yangi hujumlari ortidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha muzokaralar kechiktirildi
“Reuters” agentligi surati

SANO, 14-sentabr. /“Dunyo” AA/. Eron va Fors ko‘rfazi davlatlari o‘rtasida bugun O‘monda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuv yangi keskinlik fonida qoldirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Reuters” agentligiga tayanib.

Yaman husiylari Saudiya Arabistonining janubi-g‘arbidagi Xamis-Mushaytdagi harbiy aviabazaga o‘nlab raketa va dronlar bilan zarba berganini maʼlum qildi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, hujum so‘nggi kunlarda Saudiya Arabistonining Yamanga yuzlab havo hujumlariga javob bo‘lgan.

Saudiya Arabistoni rasmiylari Xamis-Mushaytda va janubdagi yana uchta shaharda qisqa muddatli favqulodda ogohlantirish eʼlon qildi. Avvalroq husiylar Qizil dengizga kiraverishdagi Perim orolini egallab olgan edi.

Shu fonda neft yetkazib berishda uzilishlar saqlanib qolmoqda. Ar-Riyozning Iroqdagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan jangarilarga uyushtirgan alohida hujumidan so‘ng, Saudiya Arabistonining muhim sharqiy-g‘arbiy neft quvuriga zarar yetdi, u orqali Ho‘rmuz bo‘g‘ozini chetlab o‘tuvchi eksportning katta qismi o‘tadi.

Mutaxassislarning fikricha, uning uzoq vaqt yopilishi jahon neft taklifini taxminan 4 foizga qisqartirishi mumkin. Yangi hujumlar fonida neft narxi 3 foizdan ko‘proqqa oshdi.

O‘mondagi muzokaralar deyarli yopiq bo‘lib qolayotgan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kema qatnovini tiklash uchun yechim topishga qaratilgan bo‘lishi kerak edi. O‘mon tomoni uchrashuvni qoldirishni konsensusga erishish zarurati bilan izohladi, Eron esa bunga Saudiya Arabistoni erishganini aytdi.

“Reuters” agentligi surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish