O‘zbekiston diplomatiyasi faxriysi Yaponiya ordeni bilan taqdirlandi

Sentabr 17, 2026. 18:00 • 55 soniya

182
O‘zbekiston diplomatiyasi faxriysi Yaponiya ordeni bilan taqdirlandi

TOSHKENT, 17-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatiyasi faxriysi Alisher Axunjanov Yaponiyaning “Chiqayotgan quyosh, rozeta bilan oltin nurlar” ordeni bilan taqdirlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Yaponiyaning qadimiy davlat mukofoti bo‘lgan ushbu yorliq va ordenni Alisher Axunjanovga elchi Kenji Xirata tantanali ravishda topshirdi.

Yaponiya elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, Alisher Axunjanov O‘zbekistonning Tokiodagi elchixonasi ochilishida faol ishtirok etgan hamda birinchi Muvaqqat ishlar vakili sifatida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilgan.

Shuningdek, u O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan davrida Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash hamda do‘stona aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish