Logo

O‘zbekiston Prezidenti Davos shahrida Amerika yetakchisi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etadi

Yanvar 21, 2026. 18:03 • 34 soniya

727
O‘zbekiston Prezidenti Davos shahrida Amerika yetakchisi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etadi

TOSHKENT, 21-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan bugun Davos shahrida Amerika yetakchisi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Shveysariyaga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, avvalroq O‘zbekiston yetakchisi kengashga taʼsischi davlat sifatida qo‘shilish taklifini qabul qilgan edi.

Mamlakatimiz yetakchisi AQSh Prezidentiga yo‘llagan maktubida ushbu tashabbus Yaqin Sharqdagi ko‘p yillik mojarolarni hal etish, keng mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanayotganini taʼkidladi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo AA

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish