Logo

“Karavan info” AA: O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashda yangi strategik bosqichga qadam qo‘ydi

Yanvar 28, 2026. 09:17 • 49 soniya

8
“Karavan info” AA: O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashda yangi strategik bosqichga qadam qo‘ydi

MOSKVA, 28-yanvar. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning “Karavan info” axborot agentligida O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashdagi yangi va murosasiz strategiyasiga bag‘ishlangan tahliliy maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 30-dekabrdagi Parlament va xalqqa yo‘llagan Murojaatnomasi mamlakatning yaqin yillardagi rivojlanish yo‘nalishini belgilab beruvchi tub burilish nuqtasi bo‘lgani qayd etilgan.

Agentlikning taʼkidlashicha, davlat rahbarining nutqida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusi o‘zining keskinligi va qatʼiyati bilan markaziy o‘rinni egallab, butun davlat apparati hamda jamiyat uchun jiddiy ogohlantirish signali vazifasini o‘tadi.

Maqolada siyosiy irodaning amaliy tasdig‘i sifatida 2025-yil 30-dekabrda imzolangan Prezident farmoni keltiriladi. Ushbu hujjat asosida mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tubdan isloh qilib, asosiy eʼtiborni shunchaki jazolashdan tizimli xatarlarni boshqarish va barvaqt oldini olishga qaratadi.

Yangi tizim doirasida boshqaruvning unifikatsiyalangan standartlari joriy etilishi, raqamli platformalar orqali inson omilini kamaytirish va axborot shaffofligini taʼminlash, korrupsiya haqida xabar bergan fuqarolarni himoya qilish va rag‘batlantirishning huquqiy mexanizmlari mustahkamlanadi.

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish