Logo

Buyuk Britaniya bilan yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Dekabr 17, 2025. 16:12 • 1 daq

72
Buyuk Britaniya bilan yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
Buyuk Britaniya bilan yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

LONDON, 17-dekabr. /“Dunyo” AA/. Shu yilning 15-dekabr kuni “Qanot Sharq” aviakompaniyasining “Toshkent – London – Toshkent” yo‘nalishida ilk parvozi Buyuk Britaniyaning Gatvik xalqaro aeroportida amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu birinchi reys munosabati bilan tashkil etilgan rasmiy tadbirda Buyuk Britaniya fuqaro aviatsiyasi maʼmuriyati, Gatvik xalqaro aeroporti, “Qanot Sharq” aviakompaniyasi rahbariyati hamda mahalliy OAV vakillari qatnashdi.

Elchixona tashabbusi bilan yurtimizga Buyuk Britaniyadan sayyohlarni jalb etish, ushbu mamlakat bilan savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish maqsadida turli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, elchixona tomonidan yurtimizda faoliyat yurituvchi “Qanot Sharq” aviakompaniyasiga Buyuk Britaniyaga muntazam havo qatnovlarini amalga oshirish uchun Birlashgan Qirollik fuqaro aviatsiyasi maʼmuriyatining tegishli ruxsatnomalarini olib berishda amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

“Qanot Sharq” aviakompaniyasi haftasiga ikki marta (dushanba va payshanba kunlari) “Toshkent – London – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshiradi. Mazkur reyslar “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan haftasiga uch marta ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan parvozlarga (seshanba, juma va yakshanba kunlari) qo‘shimcha bo‘lib, natijada ikki mamlakat o‘rtasidagi umumiy reyslar soni haftasiga 5 taga yetdi.

Joriy yil yanvar-noyabr oylarida Buyuk Britaniyadan O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni 25 mingdan oshdi. Ushbu ko‘rsatgich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23% ga ko‘tarilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish