Xitoyda tabiiy ofatlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 36 nafarga yetdi

Iyul 08, 2026. 16:00 • 2 daq

76
Xitoyda tabiiy ofatlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 36 nafarga yetdi
“Sinxua” AA surati
Xitoyda tabiiy ofatlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 36 nafarga yetdi
Xitoyda tabiiy ofatlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 36 nafarga yetdi

PEKIN, 8-iyul. /“Dunyo” AA/. So‘nggi ikki kun ichida Xitoyda sodir bo‘lgan suv toshqinlari, momaqaldiroq va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 36 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Sinxua” axborot agentligiga tayanib.

Qurbonlarning aksariyati Gansu provinsiyasi hududlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Xususan, Tanchan tumanidagi Jenszan qishlog‘ida yuz bergan ko‘chki oqibatida 33 kishi qamalib qolgan. Natijada, kamida 21 kishi halok bo‘ldi, yetti kishi tan jarohati olgan bo‘lsa, besh kishi qutqarib olindi.

Hodisadan so‘ng fojia joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari, o‘t o‘chiruvchilar va politsiyachilardan iborat qutqaruv guruhlari yuborildi.

Ayni paytda mamlakatning sharqiy qismidagi Xubey provinsiyasida tornado va momaqaldiroq tufayli kamida 11 kishi nobud bo‘ldi, yuzlab odamlar jarohatlandi.

Janubiy Guansi mintaqasida esa “Maysak” to‘foni keltirib chiqargan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘ldi. Kamida 50 ming kishi evakuatsiya qilindi, yana sakkiz kishi bedarak yo‘qolgan deb taxmin qilinmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish