Venesueladagi zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 3,5 ming nafardan oshdi, o‘n minglab aholi bedarak yo‘qolgan

Iyul 07, 2026. 19:30 • 2 daq

63
Venesueladagi zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 3,5 ming nafardan oshdi, o‘n minglab aholi bedarak yo‘qolgan
“AP” agentligi surati

KARAKAS, 7 iyul. /“Dunyo” AA/. Venesuelada yuz bergan kuchli zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 3,5 ming nafardan oshdi, o‘n minglab aholi esa bedarak yo‘qolgan deya taʼkidlanmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “NBC News”ga tayanib.

Mamlakatning bir necha mintaqasida vayronagarchiliklarga olib kelgan qo‘shaloq zilziladan 12 kun o‘tib, qidiruv-qutqaruv operatsiyalari tirik qolganlarni izlash bosqichidan vayronalar ostidan jasadlarni olib chiqish bosqichiga o‘tmoqda.

Karakas va Marakaybo shaharlarida qurbonlar xotirasiga motam tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Aholi shamlar yoqib, hamon bedarak yo‘qolganlarning oilalariga hamdardlik bildirayapti. Avvalroq Venesuela hukumati yetti kunlik milliy motam eʼlon qilgan edi.

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, zilzilalar natijasida 850 dan ortiq bino shikastlangan yoki vayron bo‘lgan. Shu bilan birga, NASAning sunʼiy yo‘ldosh maʼlumotlari butunlay vayron bo‘lgan obyektlar, jumladan, maktab va tibbiyot muassasalari soni ancha ko‘p bo‘lib, 59 mingtaga yaqinlashishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

17 mingdan ortiq kishi boshpanasiz qoldi. Jabr ko‘rgan hududlarda tiklash ishlari boshlangan, biroq yaradorlarning ko‘pligi va resurslar tanqisligi sababli mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi jiddiy bosim ostida qolayapti.

Qutqaruvchilar va gumanitar tashkilotlar qurbonlarning yakuniy soni ortishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Eslatib o‘tamiz, AQSH Geologiya xizmati taxminlariga ko‘ra, oqibatlar ko‘lami va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish imkoniyatlaridan kelib chiqib, halok bo‘lganlarning umumiy soni 10 mingdan 100 ming nafargacha yetishi mumkin.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish