Venesueladagi zilzilalar qurbonlari soni 3300 kishidan oshdi
Iyul 06, 2026. 13:00 • 2 daq
• 183
KARAKAS, 6-iyul. /“Dunyo” AA/. Venesuelada 24-iyun kuni sodir bo‘lgan ikki kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 3 342 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Reuters” agentligiga tayanib.
Venesuela Aloqa va axborotlashtirish vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, 16 ming 470 kishi jarohatlangan, yana 17 ming 345 nafar aholi boshpanasiz qolgan. Minglab odamlar hamon bedarak yo‘qolgan. Shu bois rasmiylar qurbonlar soni yana-da ortishi mumkinligini istisno etmayapti.
Qutqaruv xizmatlari vayronagarchiliklar yuz bergan joylarda qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda. Gumanitar tashkilotlar esa jabrlanganlarni vaqtinchalik boshpana, tibbiy yordam, oziq-ovqat va birlamchi ehtiyoj mollari bilan taʼminlamoqda.
24-iyundagi zilzilalar Venesuelada yuz yildan ortiq vaqt ichidagi eng ko‘p qurbonlarga sabab bo‘lgan zilzila hamda 1999-yildagi vayronkor suv toshqinlari va sel oqimlaridan keyingi mamlakat uchun eng yirik tabiiy ofat bo‘ldi.
Rasmiylar transport va kommunal infratuzilmaning shikastlangani, davom etayotgan aftershoklar (yerosti silkinishlari) tufayli qutqaruv ishlarini olib borish murakkablashayotganini qayd etmoqda. Asosiy saʼy-harakatlar tirik qolganlarni topish, hayotiy muhim obyektlarni tiklash va boshpanasiz qolgan aholiga yordam ko‘rsatishga qaratilgan.
Hukumat tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish va zilziladan eng ko‘p jabr ko‘rgan hududlarni tiklash dasturlarini amalga oshirishda davom etishini maʼlum qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi