O‘zbekiston Prezidenti AQSHning yirik investitsiya kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi

Iyul 07, 2026. 18:28 • 59 soniya

43
O‘zbekiston Prezidenti AQSHning yirik investitsiya kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi

TOSHKENT, 7-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun “BlackRock” kompaniyasi direktorlar kengashi aʼzosi va katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesini qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda strategik sheriklikni, avvalo, yoqilg‘i-energetika sohasida yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Kompaniyaning O‘zbekistondagi loyihalari faol amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlatimiz rahbari “BlackRock” kompaniyasi bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Xususiylashtirish sohasida sheriklikni kengaytirish, mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, moliya bozorini rivojlantirish, neft-kimyo tarmog‘idagi loyihalarni ilgari surish hamda sunʼiy intellekt texnologiyalariga qo‘shma investitsiya kiritish shular jumlasidan.

“BlackRock” aktivlar va jamg‘armalarni boshqarish hamda moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan yirik investitsiya kompaniyasidir. 2026-yilda kompaniya boshqaruvidagi aktivlar hajmi 14 trillion dollarga yetdi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish