Logo

Norvegiya parlamenti mutlaq ko‘pchilik bilan monarxiyani saqlab qoldi

Fevral 04, 2026. 15:30 • 56 soniya

116
Norvegiya parlamenti mutlaq ko‘pchilik bilan monarxiyani saqlab qoldi

OSLO, 4-fevral. /“Dunyo” AA/. Norvegiya parlamenti monarxiyani boshqaruv shakli sifatida saqlab qolish uchun ovoz berdi: 169 deputatdan 141 nafari qirol Xarald va uning avlodlari boshqaruvini saqlab qolishni qo‘llab-quvvatladi, 26 nafari esa uni tugatish tarafdori bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Norvegiyaning “NRK” teleradiokompaniyasiga tayanib.

Monarxiya tarafdorlarining taʼkidlashicha, institut partiya siyosatidan tashqarida bo‘lgan holda barqarorlikni taʼminlaydi va 1905-yilda Shvetsiyadan mustaqillikka erishgandan beri mamlakatga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, boshqaruvning respublika shaklini qo‘llab-quvvatlovchilar siyosiy hokimiyat allaqachon parlament va hukumatga tegishli ekanini va qirollik oilasining merosiy imtiyozlari demokratik jamiyatda mavjud bo‘lmasligi kerakligini taʼkidlaydi.

“NRK” so‘roviga ko‘ra, aholi orasida monarxiyani qo‘llab-quvvatlash kamayib bormoqda: so‘ralganlarning 66 foizi uni qo‘llab-quvvatlaydi, bu ikki hafta oldingiga nisbatan 4 foizga kam. Bundan tashqari, respondentlarning 76 foizi valiahd malika Mette-Maritga bo‘lgan ishonchning pasayganini maʼlum qilgan.

Gap shundaki, kecha valiahd malikaning to‘ng‘ich o‘g‘li Marius Borg Xyoybiga 38 ta ayblov, jumladan, zo‘rlash ayblovi qo‘yilgan. U o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Jamoatchilik eʼtiborini, yaqinda malika Mette-Maritning pedofiliyada ayblangan amerikalik tadbirkor Jeffri Epshteyn bilan aloqalari haqidagi xabarlar ham tortdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish