Logo

O‘zbekiston Prezidentining Turkiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

Yanvar 30, 2026. 01:10 • 39 soniya

142
O‘zbekiston Prezidentining Turkiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

TOSHKENT, 30-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Anqara shahrida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan muzokaralar, shuningdek, ikki mamlakat yetakchilari raisligida Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini imzolash marosimi bo‘ldi.

Ommaviy axborot vositalari uchun bayonotlarda O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari bo‘lib o‘tgan muzokaralar haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdilar.

Davlat rahbarlari Hatay viloyatida O‘zbekiston tomonidan qurilgan turar joy majmuasini foydalanishga topshirish, shuningdek, Istanbul shahrida o‘zbek maktabi qurilishini boshlash marosimida ishtirok etdilar.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, O‘zbekiston Prezidenti rafiqasi bilan birga Toshkentga jo‘nab ketdi. “Esenbog‘a” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Turkiya Vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish