Logo

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Senati delegatsiyasini qabul qildi

Fevral 04, 2026. 20:10 • 53 soniya

69
O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Senati delegatsiyasini qabul qildi

TOSHKENT, 4-fevral. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Iordaniya Senati raisi Faysal Aqif Misqal al-Fayoz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon O‘zbekiston yetakchisiga Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning samimiy salomi va tilaklarini yetkazdi.

O‘tgan yili Samarqandda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Iordaniya keng qamrovli sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama aloqalar va almashinuvlar faol tus olgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo hajmi va qo‘shma korxonalar soni ortib bormoqda.

Parlamentlarda tashkil etilgan “do‘stlik guruhlari” ishini “yo‘l xaritasi” asosida faollashtirish, ularning davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarning samarali amalga oshirilishini taʼminlashdagi rolini kuchaytirish muhimligi taʼkidlandi.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Xususan, joriy yilda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi va yetakchi kompaniyalar biznes forumini natijador qilib o‘tkazish zarurligi taʼkidlandi.

Shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish