Samarqandda bolalar farovonligiga bag‘ishlangan Butunjahon sammiti bo‘lib o‘tadi

Sentabr 04, 2026. 13:00 • 2 daq

193
Samarqandda bolalar farovonligiga bag‘ishlangan Butunjahon sammiti bo‘lib o‘tadi

SAMARQAND, 4-sentabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 21–22-oktyabr kunlari Samarqand shahrida “Bolalar farovonligiga sarmoya kiritish: kelajak avlod uchun barqaror va adolatli rivojlanish sari” nomli Butunjahon sammiti bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur yirik tadbirda siyosiy ekspertlar, vazirlar, xalqaro tashkilotlar, biznes, fuqarolik jamiyati, akademik doiralar aʼzolari, bolalar va o‘smirlar – jami 100 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etadi.

Bugungi kunda bolalar global tahdidlar — qurolli mojarolar, iqlim o‘zgarishi, iqtisodiy beqarorlik va kuchayib borayotgan tengsizlik oqibatlarini boshdan kechirmoqda.

Muhokamalar jarayonida bolalar manfaatlari va farovonligiga qaratilgan ijtimoiy himoya, yoshlarni himoya qilish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, hamyonbop va barqaror sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, onkologik kasalliklarga qarshi kurashish kabi masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalar almashiladi.

Shuningdek, sammit doirasida II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi ham bo‘lib o‘tadi.

Sammitda bolalar farovonligiga sarmoya kiritish bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasini qabul qilish ko‘zda tutilgan. Bu hujjat aniq harakatlarga undash va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga daʼvat bo‘ladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish